4-aprel kuni prezidentning “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Qarorga ko‘ra:

  • iste’molchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi;
  • etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib o‘rnatiladi;
  • sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik kuchaytiriladi;
  • o‘zganing tovar belgisidan, xizmat ko‘rsatish belgisidan, geografik ko‘rsatkichidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgidan yoki firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi (amaldagi tartibga ko‘ra, fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima; xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi);
  • belgilangan talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga quyidagi ro‘yxatda keltirilgan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga cheklovlar belgilanadi.

javobgarlik кучайтирилиши, o‘zganing tovar белgiси

Mazkur masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Qarorga muvofiq, iste’molchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi. Jumladan:

  • murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqiladi;
  • huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi.

Biroq hozircha bu kabi turdagi mahsulot va tovarlar haqida qayerga murojaat qilish mumkinligiga aniqlik kiritilmagan. Katta ehtimol bilan tegishli davlat organi va tashkilotlar platformani yaratgach, ommaga oshkor qiladi.

2023-yil 1-iyuldan ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.

2023-yil 1-avgustdan alkogol mahsulotlarining tovar belgilari ro‘yxatga olingani to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya talabi hisoblanadi.

2023-yil 1-sentabrdan tamaki mahsulotining ulgurji va chakana savdosi, pivo mahsulotining ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.