Adliya vazirligi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh maslahatchisi hibsga olingani aytilgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, tizimdagi sobiq xodim X.R. hamkasblari sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelgani aniqlangan. Holat bo‘yicha materiallar tegishli huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilgan.

Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.