ASUS kompaniyasi yangi ROG Strix SCAR — o‘z egalariga o‘yinlarda raqiblarga nisbatan muhim afzalliklarni beradigan o‘yin noutbuklari bilan tanishtirmoqda. Sifatli ekranlar, aqlli sovutishga ega zamonaviy, kuchli komponentlar, tiniq ovozi va moslashtirilgan RGB yoritgichli chiroyli korpuslar bilan ROG Strix SCAR kompyuterlari boshqa barcha o‘yin yechimlaridan ajralib turadi.

ROG Strix SCAR 18 (G834) 2023 yil modeli o‘yin uchun atalgan noutbuklarni yorqin namoyondasidir. U o‘zining ilg‘or texnik ko‘rsatkichlari hamda mahsus dizayni tufayli, boshqa alohida monitorli shaxsiy kompyuterlarni yo‘lda qoldirib, bozordagi yetakchi o‘yin yechimlari o‘rnini egallashga qodir. SCAR 18`ning chiroyli korpusi ichida katta RGB yoritgichi va 18-dyuymli katta matritsa, 13-avlod Intel Core i9−13980HX protsessori va noutbuklar uchun NVIDIA GeForce RTX 4090 video kartasi, 175 Vt gacha bo‘lgan yuqori sifatli termopaket konfiguratsiyasiga ega.

реклама

ROG kompyuterlarining bozordagi o‘rni

SCAR 18 modeli ROG Strix o‘yin uchun noutbuklar lineykasiga kiradi va unda ROG kompyuterlarining eng yuqori samaradorlikka ega modellari jamlangan. Ular murakkab, jumladan kibersport hamda havaskor o‘yinchilarning ham vazifalarini bajarishga mo‘ljallangan. Sharhning qahramoniga yaqinroq bo‘lgan, 16 dyuymli ekranga ega SCAR 16 modeli parametrlari bo‘yicha o‘zining «katta akasi»dan qolishmaydi.

Lekin SCAR 18`da yorqin ustunlik mavjud va u — diagonali 18 dyuymli ekrandir, bu egasini nafaqat o‘yinlarda, balki har qanday murakkablikdagi ijodiy kontentni yaratishda ham foydalanish mumkin bo‘lgan katta maydon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari, 18 dyumli modelni xarid qilib, qo‘shimcha monitor sotib olmasa ham bo‘ladi, chunki noutbuk ekrani juda ham katta.

реклама

RGB`li geymer korpusi

ROG Strix SCAR 18`ning eng o‘ziga tortadigan kuchli xususiyati — uni bir qarashda o‘yin noutbuki ekanini bildirib turadigan va chiroyli tarzda ishlab chiqilgan to‘g‘ri chiziqli korpusidir. Qo‘shimcha tashqi qurilmalarni ulash uchun zarur bo‘lgan ko‘p sonli ulashga mo‘ljallangan joylar, sovutish teshiklari va RGB yoritish liniyalarining mavjudligi noutbukning maqsadini aks ettiradi.

SCAR 18 RGB yoritgichlarining ishlashini, noutbuk egasiga boshqa o‘yin yechimlariga hamohang tarzda sozlab olishi mumkin. Aura Creator ilovasida hattoki eng talabchan geymerlar ham xohish-istaklarini qondira oladigan batafsil RGB yoritish sozlamalarini topadilar. Foydalanuvchilar uchun oldindan o‘rnatilgan ROG yoritgich rejimlaridan tashqari, turli xil murakkab yoritish ssenariylarini shaxsan yaratish imkoniyati ham mavjud. Aura Sync texnologiyasi LED chiroqlarini ranglari va noutbukni boshqa tashqi ulangan moslamalar bilan yoritish effektlarini sinxronlashtiradi.

Rangli LED yoritgichlar korpusda shunday joylashtirilganki, foydalanuvchiga xuddi noutbuki turgan joy ustida uchayotgandek tuyuladi. Ushbu effektga old va orqa yuzlarga o‘rnatilgan yorug‘lik o‘yinlarning o‘tishiga xalaqit bermaydigan, aksincha, jarayonga yaxshiroq kirishishga ko‘maklashadigan RGB yoritgichlarini joylashtirish orqali erishildi. Boshqa kerak bo‘lmaydigan holatlarda RGB yoritgichlarni umuman o‘chirib qo‘ysa ham bo‘ladi.

Vizual xususiyatlaridan tashqari, SCAR 18 korpusi mahsus qoplama bilan o‘ralgan bo‘lib, o‘zida barmoq izlarini qoldirmaydi. Bunday qoplama bilan noutbuk muntazam foydalangan holda ham o‘zini tashqi ko‘rinishini ancha muddatgacha munosib tarzda saqlab qola oladi.

реклама

ROG Nebula displeyi

Yangi 2023 yil ROG Strix SCAR 18 modeli sifatli, 18 dyumli katta ROG Nebula IPS-ekrani bilan jihozlanadi. Uning 16:10 bo‘lgan taraflar nisbati o‘yin va ish uchun qulay maydonni ta’minlab beradi. Yupqa romlari esa to‘laqonli kontentga, o‘yin va yaratuvchi ijodkor jarayoniga to‘liq sho‘ng‘ish effektini yaratadi — ekranning korpusga nisbati yuqori 89% ni tashkil qiladi.

Noutbukni ikki versiyada sotib olish mumkin: surat 165 Gts yangilanish tezligida FHD ekran o‘lachami yoki 7 ms matritsa javobi yoki QHD xususiyatli, 240 Gts yangilanish va 3 ms javob tezligi bilan. Birinchi variant 100% joyni sRGB bilan, ikkinchisi esa 100% DCI-P3 orqali qamrab olishi bilan faxrlana oladi. Ikkala versiya ham G-SYNC va Dolby Vision`ni tortadi.

Bu katta va sifatli ekran noutbuk egasiga kibersport chempionatlari va havaskorlar musobaqalarida g‘alaba qozonish uchun ko‘plab afzalliklarni bera oladi.

Noutbuk matritsasi boshqa geyming yechimlarning ekranlaridan ko‘plab parametrlari bilan ustunlik qiladi, chunki ROG Nebula — bu yuqori sifat standarti deganidir. Bu belgi bilan faqatgina yangilanish tezligi, javob tezligi, orqa yorug‘lik yorqinligi va rang qoplamasining qat’iy mezonlariga javob beradigan displeylar belgilanadi.

SCAR 18 har bitta geymer uchun muhim bo‘lgan NVIDIA G-SYNC texnologyasini ko‘tara oladi. U tasvirni yangilash tezligini grafik protsessor chastotasi bilan sinxronlashtirish uchun javob beradi. Buning yordamida vizual «tanaffuslar» ekrandan olib tashlanadi va foydalanuvchi o‘yin davomida, video va «og‘ir» dasturiy ta’minot bilan ishlayotganda eng aniq va tiniq tasvirni ko‘radi.

Noutbukda Dolby Vision, ekrandagi uzatilayotgan tasvirni bosh xususiyatlariga nisbatan sifatini ancha ko‘tarib bera oladigan texnologiya bilan jihozlangan. Bundan tashqari Nebula SCAR 18 ekrani TUV Rheinland standarti bo‘yicha sertifikatga ega. Bu degani noutbuk past ko‘k rang darajasiga ega bo‘lib, uzoq davom etgan o‘yin va ish protsesslarini ko‘zga bo‘lgan og‘ir ta’sirni kamaytirishni kafolatlaydi.

реклама

Noutbukning ichida faqatgina kuchli komponentlarni jamlagan

O‘yin noutbuklari o‘z egasini uzoq vaqt davomida barqaror quvvat bilan ta’minlab, ish jarayonlari va onlayn o‘yinlar davomida qo‘llab-quvvatlab, og‘ir paytlarda barqaror ishlashda davom etadi va davomiy tarzda yuqori darajada zavq bag‘ishlaydi. ROG Strix SCAR 18 modeliga zamonaviy komponentlar joylashtirilgan bo‘lib, u noutbuk potensialini keng ochib beradi va foydalanuvchini yuqorida aytib o‘tilgan barcha funksiyalar bilan ta’minlaydi.

Strix SCAR lineykasi o‘z ichiga o‘yin kompyuterlarining eng yuqori mahsuldorlarini olganligi sababli brend bu modellarni eng yangi va kuchli «temir» bilan ta’minlagan. Masalan, lineykaning eng yaxshi modelaridan biri — SCAR 18 — 24 yadro va 32 oqimlik Intel Core i9−13980HX protsessori hamda 175 Vatt gacha ishlay oladigan noutbuklar uchun NVIDIA GeForce RTX 4090 videokartasi bilan jihozlangan. Shu bilan birga, ma’lum sozlamalarga ega markaziy va grafik protsessorlarning umumiy termal to‘plami 240 Vatt gacha yetishi mumkin.

E’tiborga molik jihati shundaki, SCAR 18 multipleksor displey va NVIDIA Advanced Optimus texnologiyasini o‘z ichiga olgan. Ular birgalikda foydalanuvchiga quvvat olayotganda o‘yinlardagi optimal surat yangilanish chastotasi yoki batareya quvvati bilan ishlashda tejash o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi. Bu sozlamalar almashtirish jarayonini foydalanuvchi yordamisiz yoki uning xohishiga ko‘ra amalga oshirish mumkin.

реклама

Bundan tashqari, Armoury Crate ilovasida ROG noutbuki egasi bir nechta ishlash rejimlarini almashtira oladi. Ular foydalanuvchiga kerakli ish faoliyati uchun mos keladigan sozlamalarni tanlashda — ovossiz tejamkor, hamda yuqori samadorlikga ega ichki «temir»ni to‘liq kuchda ishlashining ta’minlab beradigan rejimlar mavjud. Bundan tashqari, shu ilovaning o‘zida boshqa turli xil sozlamalar ham mavjud.

Foydalanuvchning ehtiyojlari uchun PCle 4.0 interfeysli 4TBgacha bo‘lgan ichki xotira o‘rnatilgan bo‘lib, u noutbukdagi hamma talabchan «og‘ir» va kerakli dasturlarni saqlashga yetadi. SCAR 18ning DDR5 standarti bo‘yicha operativ xotirasi model turiga qarab 64 GB`gacha bo‘lishi mumkin. U 4800 MGs chastotada ishlaydi.

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan komponentlar, xususiyatlar va imkoniyatlar tufayli noutbuk egasi o‘yinlarda past va o‘rta grafik sozlamalarini unutishi va iloji boricha sifatli tasvirdan bahramand bo‘lishi mumkin.

реклама

Bunday kuch qanday soviydi?

Hamma yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlar noutbukni qo‘shimcha quvvat bilan ta’minlaydi, lekin shu bilan birga hamma kompyuterni ham «temiri» katta bosim ostida qiziydi. Strix SCAR 18 yaratuvchilari bu haqida qayg‘urib, noutbukni ROG Intelligent Cooling ilg‘or aqlli sovutish tizimi bilan jihozladilar. U sifatli uchta ventilyatorli termal modul va korpusning butun kengligi bo‘ylab katta o‘lchamli radiatordan iborat.

Bundan tashqari, SCAR 18`ning korpusida juda ham ko‘p sonli ventilyatsion tirqishlar hamda ROG Intelligent Cooling tizimi issiqlik quvurlari va suyuq metalli termointerfeysli Thermal Grizzly Conductonaut Extreme oilasi bilan birgalikda noutbukni davomiy tarzda sovushini taʼmilnab berishadi. Sanab o‘tilgan barcha sovutish texnologiyalari yordamida SCAR 18 egasi ichki komponentlarning isishi tufayli ishlash tezligining yo‘qolishi haqida tashvishlanmasa ham bo‘ladi.

Sig‘imli akkumulyator

SCAR 18`ning ichida soatiga 90 Vatt/soat gacha bo‘lgan akkumulyator o‘rnatilgan, qaysiki foydalanuvchi uchun qulaylik yaratib bergan holda noutbuk faoliyatini video ko‘rish davomida 7,5 soatgacha ushlab bera oladi. Kiritilgan 330 Vatt quvvat adapteri esa quvvat darajasini to‘ldirishga yordam berib, bu batareyani atigi 30 daqiqada 0% dan 50% gacha quvvatlantirish imkonini beradi.

реклама

Barcha kerakli portlar

Samaradorli ish yuritish va o‘yin uchun maxsus tashqi qurilmalarni ulash uchun ROG STRIX SCAR 18 ko‘p sonli ulash joylariga ega:

  • ikkita USB 3.2 Gen1 Type-A;
  • DisplayPort 1.4 va Power Delivery funksiyalari USB 3.2 Gen2 Type-C bilan;
  • USB Type-C Thunderbolt 4 bilan;
  • RJ-45 (LAN, 2,5 Gbit/s);
  • HDMI 2.1;
  • 3,5 mm kombinatsiyalangan audio uyasi;
  • quvvat ulagichi.

реклама

Asosiy xulosalar

Yangi 2023 yil ROG Strix Scar o‘yin uchun maxsus yaratilgan noutbuklarning yorqin namoyondasi sanaladi. U o‘zining xususiyatlariga ko‘ra ixcham korpusli, go‘zal ko‘rinishga ega va boshqalarning e’tiborini o‘ziga tortadigan bo‘lib, uning asl maqsadi — o‘yin paytida zavq bag‘ishlashga nozik tarzda ishora qiladi. Noutbuk zamonaviy RGB yoritgichi bilan jihozlangan bo‘lib, egasi o‘z xohish-istaklaridan kelib chiqgan holda sozlashi mumkin.

SCAR 18 ichida o‘yin ishtiyoqmandiga doimiy yuqori unumdorlikni ta’minlovchi va o‘yinlarda raqiblardan sezilarli ustunlikni ta’minlaydigan zamonaviy komponentlar mavjud. Bundan tashqari, SCAR 18 foydalanuvchiga ilg‘or aqlli sovutish tizimi, Dolby Atmos`ni tortadigan kuchli dinamik tizimi va turli harakatlar uchun moslashtirilgan qulay tezkor tugmalari bo‘lgan to‘liq klaviaturani taklif etadi.

ROG Strix SCAR 18 2023`ni O‘zbekiston elektronika do‘konlarida, shuningdek, ASUS rasmiy hamkori age.uz`da xarid qilish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.