Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 1 tabronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bedli.

Xususan, -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Tokio-2020 Olimpidasi chempioni Ulug‘bek Rashitov finalda eronlik Doniyol Bozorg‘ishobdan ustun kelib, 1- oltin medalga ega chiqdi.

-68 kg vazn bo‘yicha g‘oliblar:

  1. Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston)
  2. Doniyol Bozorg‘ishob (Eron)
  3. Rizo Kalgor (Eron)

Shuningdek, -80 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Jasur Jaysunov ham turnir g‘olibiga aylandi. Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Qayd etish joiz, ushbu turnir litsenzion xarakterga ega bo‘lib, dekabr oyida o‘tadigan yana bir “Katta dubulg‘a” musobaqasi yakuniga ko‘ra, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining dastlabki litsenziatlari aniqlanadi.