Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi «Amudaryo» OFY hududida kollektor chetidagi shox-shabba va o‘simlik qoldiqlari yoqib yuborildi. Holat bo‘yicha Respublika Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, «Amudaryo» OFYda yashovchi fuqaro N.S. tomonidan shox-shabbalar va o‘simlik qoldiqlarin tozalash maqsadida yoqib yuborgani sababli terak butalariga zarar yetgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Holat yuzasidan qonunbuzar fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan 1 500 000 so‘m jarima hamda tabiatga keltirgan zararni qoplash uchun 1 800 000 so‘m miqdorda da’vo hisoblandi.