27 mart kuni COVAX dasturi doirasida Ispaniyadan O‘zbekistonga 800 640 doza Pfizer (TRIS, RTU original) vaksinalari yetkazildi va aeroportda hukumatga topshirildi. Bu haqda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida respublikaga koronavirusga qarshi 2 960 640 doza vaksina olib kelingan. Ushbu Pfizer vaksinalari Shvetsiya, Italiya, Chexiya, Xorvatiya, Ispaniya tomonidan taqdim qilingan.

O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalarning mamlakatlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

  • Shvetsiyadan — 722 880 doza;
  • Italiyadan — 702 720 doza;
  • Ispaniyadan — 800 640 doza;
  • Chexiyadan — 446 400 doza;
  • Xorvatiyadan — 288 000 doza.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari 2021 yil 1 aprelda boshlangandi.