«UzAuto Motors milliy kompaniyasi MDH mamlakatlari ichida avtomobilsozlik sanoati yetakchisiga aylanishni maqsad qilgan hamda milliontagacha avtomobil ishlab chiqarish niyatida», «MDHda yangi avtogigant paydo bo‘lishi mumkin», — ayni sarlavha ostidagi yangiliklar dunyo internet nashrlarida ko‘zga tashlanmoqda. Bunday e’tirof zamirida nafaqat raqamlar, balki O‘zbekistondagi barcha tarmoqlarning ulkan mehnati yotibdi.

O‘zbekiston prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar hamda barcha ichki jarayonlar va mamlakatni xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish, ilm-fan va texnologiyani rivojlantirish, shuningdek raqobatbardosh va yuqori texnologiyali mahsulot yaratish kabi ustuvor vazifalarni jamlagan avtomobilsozlik sanoati yangi bosqichga ko‘tarildi.

Ishlab chiqarish jarayonlarining optimallashuvi hamda modernizatsiya qilinishi hisobiga, UzAuto Motors kompaniyasi tarixiy rekordni o‘rnatishga erishdi ya’ni 2016 yildan buyon ishlab chiqarish hajmi 269%`ga o‘sgan. Ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarning tatbiq etilishi, uskunalarning yangilanishi va kadrlar malakasining oshirilishi Markaziy Osiyoda yetakchi kompaniyalardan biri hisoblangan UzAuto Motors`ni MDHda yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylantirdi.

реклама

Bugun UzAuto Motors faqat zamonaviy avtomobillar, xususan Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Buning uchun 5000 dan ortiq muhandis jalb qilingan bo‘lib ularning bir qismini Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilari tashkil etadi. O‘zbekistondagi mavjud 200 ta korxonaga jalb qilingan xorijlik va mahalliy mutaxassislar ko‘magida Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun 1500 dona detal ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

реклама

O‘zbekistonda Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan 12 ta yangi mahalliylashtirish loyihasi amalga oshirildi, jumladan umumiy qiymati 312 mln dollarlik yangi zavodlar va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish liniyalari tushirildi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi 4500 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Yangi avtomobillar UzAuto Motors zavodida joriy qilingan Global Emerging Markets (GEM) global platformasi asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu qo‘shimcha muhandislik yechimlarisiz bir necha turdagi avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish degani. Mazkur loyihani o‘zlashtirish uchun 427,6 mln dollar miqdorida sarmoya kiritildi.

UzAuto Motors Powertrain kompaniyasi ilk bor ilg‘or texnologiyadan foydalangan holda yuqori bosim ostida ishlovchi alyuminiy silindr bloklarini ishlab chiqarishni yo‘lga qoydi. Bu bilan innovatsion dvigatellar oilasiga mansub CSS Prime dvigatellarini nol dan boshlab o‘zlashtirishga erishildi. Innovatsion texnologiyalar tufayli O‘zbekistonda Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarining mahalliylashtirish darajasini oshirishga xizmat qiluvchi MDHda yagona zavod ishga tushirildi.

реклама

Andijon viloyatida ishga tushirilgan Kova Foundry quyuv zavodida cho‘yan qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish maqsadida metalni qayta ishlashda muhim bo‘lgan barcha bosqichlar, jumladan eritish, quyish, qoliplash va yuqori aniqlikdagi mexanik ishlov berish jarayonida zaruriy bo‘lgan ilg‘or so‘nggi rusumdagi texnika hamda texnologiyalar jalb etildi. Yiliga 18 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatga ega korxonada xomashyoning qo‘shilgan qiymatini 10 barobarga oshirib ehtiyot qismlar importini 21 mln dollarga qisqartirish imkoniyati mavjud.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida UzAuto tarmoq korxonalarida zamonaviy dvigatel sovutish tizimiga ega radiatorlar, Joyson Safety Systems avtomobilni boshqarish xususiyatiga ega ko‘p funksiyali rul chambaragi hamda xavfsizlik yostiqchasi, shuningdek zamonaviy va noyob texnologiyalar asosida ishlovchi plastik baklarni ishlab chiqarish yo‘lga qoyildi. Bundan tashqari, UzKoram-Co MCHJda Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun yon oynalarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Zamonaviy usulda ekstruziya uslubini qo‘llagan holda, plastmassa va rezina qismlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash yo‘lga qoyildi. Plastik qismlarni ultratovushli payvandlash va ikki komponentli plastmassalarni bosim ostida quyish joriy etildi, bu esa yuqori germetiklikka, zarba yoki tebranish yutilishining yuqori ko‘rsatkichlariga erishishga imkon beradi.

реклама

Zavodning modernizatsiya qilinishi avtomobil kuzov qismlarini issiq shtamplash orqali ishlab chiqarish jarayonini ham o‘z ichiga oldi. UzSungwoo zavodida issiq shtamplash orqali to‘liq avtomatlashtirilgan metallni qayta ishlash sexining tashkil etilishi Chevrolet Tracker va Onix modellari uchun 20 turdagi mahalliy butlovchi qismlarni ishlab chiqarish evaziga qariyb 214,5 mlrd so‘mlik import o‘rnini bosish imkonini berdi. UzSungwoo korxonasiga o‘rnatilgan yangi texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqilgan metallni issiq qayta ishlash liniyasi yetakchi jahon yetkazib beruvchilarining metallni kesish, issiq presslash va lazer bilan kesish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib 2,4 mln dona metall buyumlar ishlab chiqarish va zaruriy uskunalarning besh martagacha kamaytirish evaziga investitsiyalarni tejash imkonini beradi.

реклама

Innovatsion ishlab chiqarish texnologiyalarining joriy etilishi bevosita Asakadagi UzAuto Motors zavodining ishlab chiqarish quvvatlariga ham ta’sir qildi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlaridan tashqari boshqa payvandlash usullari bilan solishtirganda, kompaniyada ishlab chiqarish jarayonida yuqori aniqlikka ega, korroziyaga va payvandlash chokiga chidamli, qolaversa yuqori darajadagi energiya tejamkor va ishlab chiqarishda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan lazerli payvandlash jarayonini yo‘lga qo‘ydi.

Amalga oshirilgan loyihalar O‘zbekistonda avtomobilsozlikni yanada rivojlantirish va avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming donaga, kelgusida esa 1 mln donaga yetkazish uchun sharoit va imkoniyatlar mavjud ekanligini anglatadi.

Reklama huquqlari asosida.