O‘zbekiston yangi tarixida milliy iqtisodiyot investitsiyalarni jalb qilish maqsadida proteksionistik chora-tadbirlar bilan qo‘llab-quvvatlandi. Biroq so‘nggi yillarda davlat teng biznes sharoitlarini yaratish va shaffoflikni oshirish maqsadida imtiyoz va preferensiyalarni muntazam ravishda qisqartirish yo‘lini oldi. Ushbu o‘zgarishlar avtomobil sanoati faoliyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Soliq imtiyozlarining bekor qilinishi natijasida, jumladan QQSni o‘z ichiga olgan holda 2021 yildan boshlab UzAuto Motors AJ birinchi bor O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari o‘ntaligiga kirdi va UzAuto`ning ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyaning to‘lovlari sanoat tarmog‘ining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 5,6 foizini tashkil etdi. Birgina so‘nggi 5 yil ichida UzAuto Motors AJ va 80 dan ortiq boshqa korxonalarni o‘z ichiga olgan «O‘zavtosanoat» AJ pandemiya va dunyodagi geosiyosiy vaziyatga qaramasdan jami soliq ajratmalari 22,1 trln so‘mni tashkil etadi.

реклама

Bugungi kunda «O‘zavtosanoat» AJ korxonalari soliqlarni, jumladan, QQSni O‘zbekistondagi barcha xususiy korxonalar bilan bir qatorda to‘laydi. Raqobatning kuchayishi va boshqaruvning yangicha yondashuvi o‘z samarasini bermoqda. 2018 yil holatiga ko‘ra, ham ishlab chiqarish sohasida, ham kompaniya boshqaruvidagi faol islohotlar sabab kompaniya o‘sha davrda 1,7 trln so‘m foydani olishga muvaffaq bo‘ldi.

реклама

Kompaniyaning moliyaviy yaxshilanishi UzAuto kompaniyasining xalqaro maydondagi imidjiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 2021 yilda UzAuto Motors London fond birjasiga 300 mln dollarlik xalqaro yevroobligatsiyalarni joylashtirdi va 2023 yil boshida kompaniya mamlakatdagi birinchi ommaviy taklifni (IPO) amalga oshirdi. Xalqaro kapital bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylangan kompaniya mablag‘larni davlat mablag‘lari ishtirokisiz ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va O‘zbekistonda yangi texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirdi.

Ishlab chiqarish sifatini yanada yaxshilash, avtomobil modellari qatorini yangilash va BIQ-IV (Built-in quality) yuqori xalqaro sifat standartlariga o‘tish O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida avtomobilsozlik konglomeratini yaratish uchun qulay sharoit yaratdi. 2020 yilning martida Qozog‘istonning Kostanay shahrida Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillarining yangi modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, ular o‘sha yilning o‘zida xaridorlar orasida eng ommabop avtomobillaridan biriga aylandi. Bir yil o‘tib, 2021 yil sentabrida Ozarbayjonning Hajigabul shahrida ishlab chiqarish liniyasi ochildi.

UzAuto`ning ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi besh yilda sohaning eksport salohiyatini oshirish yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar eksporti hisobiga O‘zbekistonga xorijiy valyuta tushumini qariyb to‘qqiz baravarga oshirish imkonini berdi, 2018 yildagi 58,7 mln ga nisbatan yillik hajmi 2022 yilda qariyb 554 mln dollarga yetdi.

реклама

Mashinasozlik fan va texnika taraqqiyotini o‘zida aks ettiruvchi jahon sanoatining muhim tarmoqlaridan biri sifatida sanoati rivojlangan mamlakatlarda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Metallurgiya, neft-gaz hamda kimyo sanoati, elektrotexnika va boshqa tarmoqlar ko‘p tarmoqli sanoatdan biri bo‘lib, unda bitta ish o‘rni turdosh tarmoqlarda yettita ish o‘rnini yaratadi. Yuqori muhandislik salohiyatiga ega mamlakatlar orasida yetakchi bo‘lishga imkon beradigan ilg‘or texnologiyalar sanoati fan va ishlab chiqarish sohasida o‘z imkoniyatlarini yaratadi va kengaytiradi.

Reklama huquqlari asosida.