Osiyo futbol konfederatsiyasi qo‘mitalarining 2023−2027 yillarda faoliyat yurituvchi yangi tarkibi e’lon qilindi. Ular orasida O‘zbekistondan ham bir qator vakillar bor, deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Xususan, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov Osiyo futbol konfederatsiyasi yuridik qo‘mitasi raisi avstraliyalik Kris Nikouning o‘rinbosari bo‘ldi. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Osiyo futbol konfederatsiyasi hakamlar qo‘mitasi raisi Xani Taleb Al Raisiyning o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, O‘FA mutaxassislaridan Avaz Maqsumov milliy assotsiatsiyalar, Jahongir Usmonov futzal va sohil futboli, Baxtiyor Dadamatov texnik, Aziza Tatlimuratova ayollar futboli, Kamoliddin Abdullayev esa media va kommunikatsiyalar qo‘mitasi tarkibidan o‘rin egalladi.