Turkiyada zilzila qurbonlari soni 49 mingdan oshdi

Turkiya prezidenti Tayyip Erdog‘an Turkiyadagi zilzilalarda qurbon bo‘lganlar soni 49 mingdan oshganini, 115 mingdan ortiq kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

«11 viloyat misli ko‘rilmagan ofatlardan aziyat chekdi. 14 mln fuqaromiz bevosita jabr ko‘rgan bo‘lsa, 49 mingdan ortiq fuqaro halok bo‘ldi, 115 mingdan ortiq fuqaro jarohatlandi», — dedi Erdog‘an Anqarada Turkiy davlatlar tashkiloti sammitidagi chiqishi chog‘ida.


Turkiyada yana zilzila sodir bo‘ldi

Turkiya seysmologlari payshanba kuni Turkiyaning Istanbul shahridan 250 kilometr sharqda joylashgan Boluda 4,7 magnitudali zilzila yuz berganini ma’lum qildi.

Qandilli rasadxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari soat 13:55 da qayd etilgan, keyin esa taxminan 2 magnitudali kamida ikkita zilzila sodir bo‘lgan. Epitsentr taxminan o‘n kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Hozircha vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.


Suriya Rossiyaning unga aloqador mintaqalar bilan yangi chegaralarini tan oladi

Damashq Rossiyaning referendumlar natijalariga ko‘ra qo‘shilgan hududlari: DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlari bilan yangi chegaralarini tan oladi, dedi Suriya prezidenti Bashar Asad RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida.

«Albatta. Men aytamanki, bular Rossiya hududlari, urush bo‘lmagan bo‘lsa ham, bu tarixan Rossiya hududlari», — dedi Suriya rahbari Rossiyaning yangi chegaralarini tan olish haqidagi savolga javob berar ekan.


Hindiston Mudofaa vazirligi 8,52 mlrd dollarlik qurol sotib olishni tasdiqladi

Hindiston mudofaa vazirligi 705,84 mlrd rupiy (8,52 mlrd dollar) qiymatidagi harbiy texnika va qurol-yarog‘larni sotib olishni ma’qulladi. Bu haqda TASS Hindiston harbiy departamentiga tayanib xabar qildi.

daйжест, жаҳон yangilikлари

Xarid qilingan qurollarning 98,9 foizi Hindistonda ishlab chiqarilgan.

Xaridlar orasida 307 ta 155 mm lik artilleriya tizimlari, BrahMos Airspace Hindiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan 200 ta BrahMos tovushdan tez uchadigan qanotli raketa, to‘rtta raketa esminetsi va yettita fregat, Su-30MKI qiruvchi samolyotlari uchun yuqori aniqlikdagi qurol-yarog‘lar, vertolyotlar hamda elektron urush tizimlari.


Gazpromning 2022 yildagi sof foydasi 70 foizdan ko‘proqqa kamaydi

Gazpromning 2022 yilda sof foydasi 70 foizdan ko‘proqqa kamaydi, deyiladi kompaniya hisobotida.

daйжест, жаҳон yangilikлари

E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil uchun buxgalteriya standartlari bo‘yicha «Gazprom»ning sof foydasi o‘tgan yil natijalariga nisbatan 72,2 foizga kamaygan holda 747,25 mlrd rublni tashkil etdi. Daromad 24,9 foizga — 7,98 trln rublgacha oshgan.

Avvalgi hisobotlarda «Gazprom» 2020 yilda 707 mlrd rubl yo‘qotgani, 2021 yildagi sof foydasi esa rekord darajadagi 2,64 trln rublga yetganini ko‘rsatdi.


Liviya milliy armiyasi MAGATE yo‘qolgan deb e’lon qilgan uranni topdi

Liviya milliy armiyasi (LMA) payshanba kuni Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik (MAGATE) tomonidan chorshanba kuni yo‘qolgani haqida xabar berilgan tabiiy uran bochkalari topilganini e’lon qildi. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.

LMA vakilining bayonotiga ko‘ra, «armiya MAGATE yo‘qolgan deb e’lon qilgan uranning to‘liq miqdorini qaytarib oldi». Uning qo‘shimcha qilishicha, tabiiy uran bochkalari ular saqlanadigan ombordan 5 km uzoqlikda topilgan.

LMA vakili «katta ehtimol bilan, bochkalar ularda nima borligini bilmagan Chaddan kelgan harbiylashtirilgan guruhlar tomonidan olib ketilgani»ini taxmin qildi.


Moldova parlamenti moldova tilini rumin tiliga o‘zgartirishni ma’qulladi

Davlat tilini moldova tilidan rumin tiliga o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Moldova parlamenti tomonidan ma’qullandi, deya xabar bermoqda «Kommersant’». Deputatlarning aksariyati — 101 nafardan 58 nafari uni qabul qilish uchun ovoz berdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, «moldova tili» so‘zlari «rumin tili» so‘zlari bilan almashtiriladi. Moldova haqida gap ketganda, «davlat tili», «rasmiy til», «ona tili» so‘zlari «rumin» so‘zlari bilan almashtiriladi.

Qonun loyihasi parlamentda 63 o‘ringa ega bo‘lgan PAS partiyasi tomonidan taklif qilingan.


Rheinmetall Ukrainadagi mojarolar fonida rekord darajada daromad olganini xabar qildi

Germaniyaning eng yirik mudofaa konserni Rheinmetall 2022 yildagi operatsion foydasi rekord darajadagi 754 mln yevroga yetdi. Bu 2021 yilga nisbatan 27 foizga ko‘pdir. Rheinmetall rahbari Armin Pappergerning ta’kidlashicha, kompaniya foydasi ko‘p jihatdan «Yevropadagi urush» bilan bog‘liq.

Armin PappergerArmin Papperger

Rheinmetall, hisobotdan kelib chiqadiki, 2023 yilda sotuvlar hajmi 7,4−7,6 mlrd yevrogacha o‘sishini kutmoqda, 2022 yilda esa bu ko‘rsatkich 6,4 mlrd yevroni tashkil qilgan.


AQShning Oregon shtatidagi mehmonxonada yuz bergan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi

Chorshanba kuni AQShning Oregon shtati Portlend shahridagi mehmonxonada yuz bergan otishmada ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua mahalliy huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berdi.

Yarim tunda sodir bo‘lgan hodisa joyiga yetib kelgan politsiya erkak va ayolning jasadlarini topgan. Ularning shaxsi hali aniqlanmagan.

Mehmonxona mehmonlarining aytishicha, kamida o‘nta o‘q uzilgan.


Arizonada xavfli moddalar ortilgan poyezdi temir izdan chiqib ketdi

AQShning Arizona shtatida xavfli moddalar olib ketayotgan poyezd temir izlardan chiqib ketdi, deb xabar berdi The New York Times mahalliy rasmiylarga tayanib.

Hodisa chorshanba kuni kechqurun Moxave okrugidagi Topok shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Ayni paytda hodisa natijasida xavfli moddalar sizib chiqqani haqida ma’lumotlar yo‘q.