16 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Rahmatulloh Sayfuddinovni Toshkent shahridagi «Minor» jome masjidi imom-xatibi etib tayinladi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Rahmatulloh Sayfuddinov 4 yanvar kuni o‘z arizasiga binoan Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shahar bosh imom-xatibi bo‘ldi.

Musulmonlar idorasi, shuningdek, Toshkent shahridagi yana 3 ta markaziy jome masjidlariga yangi imom-xatib tayinladi:

  • Chig‘atoy dahasidagi «Imom Buxoriy» masjidi imom-xatibi Sadriddin domla Abdurashidov Olmazor tumani «Ibrohimboy Orifjonboy» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;
  • Ko‘kcha dahasidagi «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov Chig‘atoy dahasidagi «Imom Buxoriy» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;
  • «Minor» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ajralmagan holda Ko‘kcha dahasidagi «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinladi.