Navoiy viloyati Karmana tumanida Toshkentga olib kelinayotgan 1 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi, deya xabar berdi IIV matbuot xizmati.

14 mart kuni soat 02:20 da Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan, fuqaro U.B. boshqaruvida bo‘lgan «GAZ «rusumli avtotransport vositasining yukxonasida veterinariya-sanitariya hujjatlarsiz, suyakdan ajratilgan, yirik shoxli molga tegishli bo‘lgan jami 1000 kg lahm go‘sht mahsulotlari aniqlangan.

Ushbu go‘sht mahsulotlarni Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi ekspertiza laboratoriyasining 2023 yil 14 mart kunidagi xulosasiga ko‘ra, iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘lib, yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan surishtiruv ishlarini boshlangan.