Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Savid Imatov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Savid Imatov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Viloyatning bundan avvalgi prokurori Sanjar Mavlonov 10 mart kuni o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, uning jinoyat ustida qo‘lga olingan bo‘lishi mumkinligi aytilgan xabarlar rad etilgan.