AQShning Los-Anjeles shahridagi Dolby Theatre binosida 95-marotaba «Oskar» mukofoti nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblariga topshirildi.

Eng yaxshi badiiy film — «Hammasi har joyda va birdan» filmi bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi aktyori nominatsiyasida «Kit» filmidagi roli uchun Brendan Freyzer, eng yaxshi aktrisa sifatida esa «Hammasi har joyda va birdan» filmidagi roli uchun Mishel Yeo «Oskar» mukofotiga loyiq topildi.

Eng yaxshi rejissorlik ishi nominatsiyasida ham g‘oliblik «Hammasi har joyda va birdan» filmi ijodkorlariga — Deniyel Kvan, Deniyel Shaynertga tegishli bo‘ldi.

N️etflix Animation mahsuloti bo‘lgan «„Pinokkio“ Gilermo del Toro» multfilmi eng yaxshi animatsion film nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Shuningdek, yilning eng yaxshi hujjatli filmi nominatsiyasi Kanadalik rejissyor Deniyel Roerning «Navalniy» kinokartinasiga tegishli. U 2020 yilning yozidan, Aleksey Navalniy zaharlanib kasalxonaga yotqizilganidan 2021 yil yanvarigacha bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Mukofotni topshirish marosimiga Navalniyning oila a’zolari tashrif buyurdi.

оскар-2023

Chapdan o‘ngga: Daria, Yuliya va Zaxar Navalniy hamda Daniyel Roer. Foto: Karlos Barria / Reuters.

оскар-2023

Eng yaxshi badiiy film — «Hammasi har joyda va birdan». Foto: www.viki.com

оскар-2023

Eng yaxshi animatsion film — «„Pinokkio“ Gilermo del Toro» multfilmi. Foto: Netflix.

«Oskar-2021» mukofoti sovrindorlari:

  • Eng yaxshi film — (Everything everywhere all at once) «Hammasi har joyda va birdan»
  • Eng yaxshi rejissorlik ishi — Deniyel Kvan, Deniyel Shaynert, (Everything everywhere all at once) «Hammasi har joyda va birdan» filmi uchun
  • Eng yaxshi aktyor — Brendan Freyzer, «Kit» filmi uchun
  • Eng yaxshi aktrisa — Mishel Yeo, (Everything everywhere all at once) «Hammasi har joyda va birdan»
  • Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor — Ke Hyui Kuan, (Everything everywhere all at once) «Hammasi har joyda va birdan»
  • Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa — Jeymi Li Kyortis, (Everything everywhere all at once) «Hammasi har joyda va birdan»
  • Eng yaxshi original ssenariy — (Everything everywhere all at once) «Hammasi har joyda va birdan»
  • Eng yaxshi ssenariy adaptatsiyasi — (Women talking) «Ayollar gapiradi»
  • Eng yaxshi xorijiy film — «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q», Germaniya
  • Eng yaxshi animatsion film — «„Pinokkio“ Gilermo del Toro»
  • Eng yaxshi original saundtrek — «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»
  • Eng yaxshi qo‘shiq — Naatu Naatu, «RRR»
  • Eng yaxshi operatorlik ishi — Jeyms Frend, «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»
  • Eng yaxshi montaj — Pol Rojers, (Everything everywhere all at once) «Hammasi har joyda va birdan»
  • Eng yaxshi kiyimlar dizayni — «Qora Pantera: Vakanda toabad»
  • Eng yaxshi badiiy ta’minot — Kristian Goldbek, Ernestina Hipper, «G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q»
  • Eng yaxshi vizual effektlar — «Avatar: Suv yo‘li»
  • Eng yaxshi ovoz — «Top Gan: Maverik»
  • Eng yaxshi grim va turmak — «Kit»
  • Eng yaxshi hujjatli film — «Navalniy»
  • Eng yaxshi qisqa metrajli film — «Fillar afsungarlari»
  • Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — «Bolakay, Ko‘rsichqon, Tulki va Tulpor»
  • Eng yaxshi qisqa metrajli o‘yin filmi — «Irlandcha vidolashuv».