Prezidentning tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Muzaffar Eminovich Egamberdiyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, u tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Andijon viloyati prokurori bo‘lib ham faoliyat yuritgan.

Ma’lumot o‘rnida byuroni 2020 yilning noyabr oyidan shu paytga qadar Xasan Kabirdjanov boshqargan.