«Yuksalish» umummilliy harakati mutaxassislari Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari va tashkilotlaridagi rahbar ayollar ro‘yxatini e’lon qildi.

аёл rahbarлар, юксалиш

«Rahbar ayollarning kuchli qirqtaligiga bir necha nodavlat tuzilmalari vakilalari ham kiritildi. Zero, ular davlat siyosatini shakllantirishda va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etmoqda», — deyiladi harakat xabarida.

Ushbu ro‘yxatda quyidagi ayollar o‘rin oldi:

  • Agrippina Shin — Maktabgacha ta’lim agentligi direktori;
  • Aliya Yunusova — Bola huquqlari bo‘yicha vakil;
  • Galina Saidova — Prezident masalahatchisi o‘rinbosari;
  • Gayane Umerova — Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi ijrochi direktori;
  • Gavhar Alimova — Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi;
  • Gulnoza Ismoilova — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori, MSK a’zosi;
  • Gulzoda Rashidova — AT «Xalq banki» boshqaruvi raisi o‘rinbosari;
  • Gulnora Rahimova — Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari;
  • Gulchehra Rixsiyeva — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori;
  • Dilbar G‘ulomova — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari;
  • Dilnoza Muratova — Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazining direktori o‘rinbosari;
  • Dilnozaxon Kattaxanova — Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari;
  • Dilorom Toshmuhamedova — Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;
  • Dilorom Fayziyeva — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi;
  • Dilnoza Ziyamuhamedova — Prezident Administratsiyasi Ijroiya apparatining sektor mudiri;
  • Dilfuza O‘rolova — Boyovut tumani hokimi;
  • Durdona Rahimova — Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari;
  • Yelena Borisova — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;
  • Zulayho Mahkamova — Bosh vazir o‘rinbosari;
  • Zuhra Ibrohimova — Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari;
  • Kammuna Irisbekova — «Aloqa bank» AK boshqaruv raisi;
  • Mavludaxon Xodjayeva — Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi;
  • Malika Qodirxonova — Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi;
  • Maryam Ahmedova — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari;
  • Muqaddam Rasulova — Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori;
  • Nigina Rahimova — «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori;
  • Nozima Davletova - Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi;
  • Ozoda Parpiboyeva — Oila va xotin qizlar qo‘mitasi raisi;
  • Ra’no Jo‘rayeva — Uzbekistan Airports AJ boshqaruv raisi;
  • Ra’no Turdiboyeva — Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari;
  • Robaxon Mahmudova — Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari;
  • Saida Mirziyoyeva — Prezident Administratsiyasi Ijroiya apparatining sektor mudiri;
  • Svetlana Ortiqova — Bosh prokuror o‘rinbosari;
  • Tanzila Norboyeva — Oliy Majlis Senati raisi;
  • Umida Tuxtasheva — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari;
  • Feruza Mahmudova — O‘zbekistonning Isroildagi elchisi;
  • Feruza Eshmatova — Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman).
  • Hilola Umarova — Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;
  • Shahlo Turdiqulova — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari;
  • Elmira Bositxonova — Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.

Qayd etilishicha, siyosiy partiyalarda xotin-qizlar ulushi 47 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlik faoliyatida esa 37 foizga yetgan. Rahbar lavozimlarda ishlayotgan ayollar ulushi — 33 foiz. Bugungi kunda 2 mingga yaqin davlat va jamoat tashkilotlariga ayollar rahbarlik qilmoqda.