Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan jamoat transportlarining anomal sovuq davrida (12−31 yanvar kunlari oralig‘ida) metan o‘rniga Ai-80 markali benzin foydalanganligi bo‘yicha yuzaga kelgan xarajatlar qoplab beriladi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kengesning axborot xizmatida ma’lum qilindi. Bunda transport xizmatini ko‘rsatuvchi 81 korxona o‘z hujjatlarini topshirgan.

Qayd etilishicha, Jo‘qorg‘i Kenges raisining topshirig‘i bilan 789 million 131 ming 820 so‘m kompensatsiya pullari Transport vazirligining hisob varag‘iga o‘tkazib berilgan.

Bundan tashqari transport xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan yuzaga kelgan savollar bo‘lsa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligiga murojaat qilishi mumkinligi aytib o‘tilgan.