O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevning buyrug‘iga asosan Murodxon Axmedov Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Adliya katta maslahatchisi bo‘lgan Murodxon Axmedov tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Xorazmda prokuratura tizimini 2020 yildan buyon Botir Qudratxodjayev boshqarib kelgan.

Avvalroq O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev Toshkent shahri prokurori etib tayinlangandi.