Qoraqalpog‘istonda 25 fevral, shanba kuni jo‘xori unidan (juo‘ri) tayyorlangan xamirli milliy taom — «Juo‘yeri gurtik» (uni ko‘pchilik beshbarmoq bilan adashtiradi) bayrami ilk bor nishonlandi.

Ushbu bayramni nishonlash taklifi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach, foydalanuvchilar buni qo‘llab-quvvatladi va bayram tashkillandi.

жuўери gurtik, қорақалпоғистон

«Tashabbusning ommaviy ko‘rinishda ilgari surilgani ikki karra quvonarlidir — juo‘eri gurtik kunini nishonlash taklifi bo‘ldi va hamma bir ovozdan bu g‘oyani ma’qulladi», — deydi Nukusdagi Ayimtour kompaniyasining turoperatori Ayjamal Taubaldiyeva.

жuўери gurtik, қорақалпоғистон

«Juo‘eri gurtik bizga ajdodlarimizdan meros va butun Qoraqalpog‘iston aholisi orasida bu taom mashhur. Asosiy jihat — un va maxsus yorma. Un eng barqaror o‘simligimiz bo‘lgan jo‘xori donidan tayyorlanadi», — dedi u.

жuўери gurtik, қорақалпоғистон

жuўери gurtik, қорақалпоғистон

«Bu oddiy o‘simlik Qoraqalpog‘istonda keng tarqalgan. Odamlar donni qayta ishlashni, uni maydalab, o‘z ovqat ratsionlarida ishlatishni o‘rgandi. Undan non pishiriladi va turli yormalar, shuningdek, chuchvara (gurtik) tayyorlanadi. Bu retseptlar kundalik hayotimizda mavjud, faqat donlar endilikda zamonaviy tegirmonlarda maydalanyapti», — deydi Ayjamal Taubaldiyeva.

жuўери gurtik, қорақалпоғистон

Ommaviy bayram kuni juo‘eri gurtikning eng katta porsiyasi Nukus shahridagi prezident maktabida tayyorlandi. Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, Qoraqalpog‘iston oshpazlar uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.

жuўери gurtik, қорақалпоғистон

Taom o‘quvchi va ustozlar tomonidan tayyorlandi, bayramda xorijlik sayyohlar ham ishtirok etdi.

жuўери gurtik, қорақалпоғистон

Tadbirda taomning paydo bo‘lish tarixi, uning foydali xususiyatlari haqida so‘z bordi, musiqali chiqishlar va sport tomoshalari o‘tkazildi.

жuўери gurtik, қорақалпоғистон

жuўери gurtik, қорақалпоғистон

Tayyorlangan jo‘xori gurtik diametri 3,5×2,5 metr o‘lchamdagi «lagan»ga suzildi. Bu taomga 20 ta kurka go‘shti, 35 kg jo‘xori uni va 15 kg bug‘doy uni sarflandi.

жuўери gurtik, қорақалпоғистон

Xo‘jayli tumanida ham bayram tuman hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Juo‘eri gurtik kunini Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi qoraqalpog‘istonliklar ham nishonladi.