Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida CEFR C1 xalqaro sertifikatini olib berishni va’da qilgan fuqarolar ushlandi, deya xabar bermoqda Prokuratura departamenti matbuot xizmati.

Bu holat DXX bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, bir necha kishi kelishib, fuqaroga ingliz tilini bilish darajasini beruvchi CEFR C1 toifali xalqaro sertifikatni hech qanday imtihon topshirmasdan olib berishini aytgan. Ular buning evaziga 1500 dollar so‘rab, oldindan 1000 dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.