Toshkentdagi Qo‘yliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarni oldini olish va Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurish hamda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan 2023 yilning 12 yanvar kunidan boshlab Qo‘yliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi 39, 45, 110, 122, 130-sonli avtobus yo‘nalishlari va 8I, 9I, 25 M, 61 M, 55 M, 73 M, 99 M, 170 M, 191 M, 195M-sonli yo‘nalishli taksilarining harakati Food City savdo majmuasi avtoshohbekatigacha uzaytirildi.

Shuningdek, Food City ma’muriyati yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Food City savdo majmuasi — Qo‘yliq 7-metro bekati yo‘nalishida harakatlanuvchi 15 ta jadval asosida bepul avtobus yo‘nalishi harakati yo‘lga qo‘yilishi va barcha mijozlar bepul choy bilan kutib olinishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Food City tashrif buyuruvchilarga qulay muhitda sifatli mahsulotlarni harid qilishni taklif qiladi.

реклама

Yangi Qo‘yliq dehqon bozori Food City savdo majmuasida har qanday ob-havo sharoitida: yomg‘ir, qor, jazirama issiq va sovuqda xarid qilish qulaydir. Ushbu qish kunlarida majmua binosi qulay va issiq. Bozor ichida xaridlar qilish uchun sizga noqulay ob-havo to‘sqinlik qilmaydi.

Ko‘pgina ochiq bozorlarda sovuq kunlarda mahsulotlar odatda muzlab qoladi va bunday ob-havoda ular ko‘pincha sifatsiz holatga kelib qoladi. Food City savdo majmuasida esa mahsulotlar sifati saqlangan holda sotiladi. Bu yerda mahsulotlarning keng assortimenti mavjud.

реклама

Majmua rahbariyati har doim iste’molchilar uchun maqbul narxlarni belgilaydi, sotuvchilar uchun esa qulay sharoitlarni yaratadi, ularni turli aksiyalar bilan rag‘batlantiradi, eng yaxshilarini esa maxsus sovg‘alar bilan taqdirlaydi.

реклама

Food City savdo majmuasi shinam va qulay binoga ega. U yerda uch turdagi omborxona mavjud: quruq, muzlatgichli va sovutgichli. Shuning uchun mahsulotlar har qanday ob-havoda, hatto shunday sovuq kunlarda ham o‘zining sifatini saqlab qoladi.

Iste’molchilarga qulaylik yaratish uchun bepul aravachalar taqdim etiladi, ularda xarid qilingan mahsulot va buyumlarni avtomobil yoki avtobus bekatigacha olib borish mumkin.

реклама

Avtomobil bilan kelganlar uchun 24 soatlik katta avtoturargoh mavjud. Ushbu avtoturargohning hajmi: yuk mashinalari uchun — 400 ta, avtomobillar uchun — 3000 ta joydan iborat. Uzoq hududlardan kelgan haydovchilar va savdogarlar uchun Food City savdo majmuasi barcha qulayliklarga ega tunu-kun xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxona xizmatini taklif etadi.

Telefon: (+998) 55−500−00−04.

Telegram: t.me/foodcityuz
Sayt: f-city.uz

Reklama huquqlari asosida.