«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda turli ko‘rinishdagi qaylalar bilan tayyorlangan pastalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti
Italyancha taomlarni xush ko‘ruvchilar uchun quyuq pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti retseptini taqdim etamiz.
«Arabyata» pastasi
Bu taomga achchiq qalampirning solinishi esa shart hisoblanadi. Agar achchiq ta’mni unchalik yoqtirmasangiz, unda qalampirni nomiga soling.
Feta pishlog‘i va cherri pomidoridan pasta
Bu mayin va yoqimli qaymoq hamda pomidor ta’miga ega pasta nafaqat mazali, balki juda oson tayyorlanadi.
Tovuqli pasta
Bunday taom o‘zining tez tayyorlanishi bilan ahamiyatli, qolaversa bunday spagetti parhez tutayotganlarga ham mos keladi.
Qaymoqli qayla bilan tayyorlangan qo‘ziqorinli pasta
Ushbu taom kam yog‘li, juda mazali va xushbo‘y bo‘lib chiqadi.
Qovoqchadan sous va fetaksa pishlog‘i qo‘shilgan pasta
Qovoqcha sousli foydali pastaning oddiy va tez tayyorlanish usuli. Sous uchun masalliqlarning kutilmas aralashmasi, ammo juda lazzatli va to‘yimli.
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuqli sharchalar va spagetti
30 daqiqada tayyorlanishi mumkin bo‘lgan ajoyib va mazali taom — qaymoqli qaylada pishirilgan tovuqli sharchalar va spagetti.
Karbonaro pastasi
Karbonaro pastasining klassik retsepti Al-dente usulida qaynatilgan spagettidan, qovurilgan bekon, pishloq va tuxumdan tayyorlaniladi.
Qaymoq va qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan pasta
Qaymoq va qo‘ziqorinli qaylada tayyorlanilgan pasta tez tayyorlanib, taomnomangizni yangilashga xizmat qiladi.
Tovuq va brokkoli solib pishirilgan pasta
Mazali, to‘yimli va asosiysi esa foydali! To‘liq donli pasta bilan tayyorlangan bunday taomdan so‘ng organizm kerakli vitamin va minerallarga ega bo‘ladi.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.