9 fevral kuni soat 22:30 atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Lacetti kanalga tushib ketdi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Tumanning Alisher Navoiy mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi yo‘l yoqasidagi kanalga tushib ketgan avtoulovni qidiruv-qutqaruv ishlariga Olmaliq yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan. Ular va tuman patrul post xizmati xodimlari mashinani xavfsiz joyga olib chiqib, amaliy yordam ko‘rsatgan.

Lacetti xaydovchisi noqulay ob-havo va yo‘llardagi muzlamalar sababli boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketganini ma’lum qilgan. Voqea oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.