Davlat dasturi loyihasida 2023 yilning avgust oyiga qadar professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi ham ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra:

  • kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etiladi;
  • texnikumlarda mutaxassislik yo‘nalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushni 50 foizga yetkaziladi;
  • xususiy sektorning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashni tizimli yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi 715-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.