Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida o‘zbekistonliklar zilzila oqibatlarini boshidan kechirayotgan mamlakat xalqiga hamdardlik va birdamlik belgisi sifatida gullar qoldirib ketmoqda. «Gazeta.uz» muxbiri ushbu jarayonlarni kadrlarga muhrladi.

Diplomatik korpusning nazorat-o‘tkazish punktida bir necha savat gullar, to‘q qizil atirgullar va chinnigullar guldastalari, ularning yonida qo‘llab-quvvatlov yozuvlarini ko‘rish mumkin.

Shomurod Abdullayev ham do‘stlari va hamkasblari bilan elchixonaga gullar bilan kelgan.

«Qizim Turkiyada o‘qiydi, baxtimizga u mamlakatning g‘arbiy qismida. Lekin men u uchun xavotirdaman, bir-birimiz bilan doim aloqadamiz. Zilzila o‘chog‘i bo‘lgan janubda esa vafot etgan qarindoshlarim va do‘stlarim bor, biz bu yerga ularning xotirasi hurmati uchun keldik», — dedi u «Gazeta.uz»ga.

U Turkiyaga gumanitar yordam yig‘ish kampaniyasida o‘zi va do‘stlari ham qatnashishini qo‘shimcha qildi. «Internetda insonparvarlik yordami yig‘ilayotganini ko‘rib turibmiz, biz ham O‘zbekistonning boshqa aholisi kabi bu jarayonda faol ishtirok etamiz», — dedi Abdullayev.

Turkiya uchun insonparvarlik yordami yig‘ilishi haqida — keyingi materiallarimizda.

Foto

zilzila, тuркия элчихонаси, ўзбекистон-тuркия, hamdardlik

zilzila, тuркия элчихонаси, ўзбекистон-тuркия, hamdardlik

zilzila, тuркия элчихонаси, ўзбекистон-тuркия, hamdardlik

zilzila, тuркия элчихонаси, ўзбекистон-тuркия, hamdardlik