Qorao‘zak tumani hududida 2 katta investitsiyaviy loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining axborot xizmati xabar berdi.

2023 yil 7 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Boshlig‘i Farhod Ermanov «Karakalpak sement» MCHJ vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida prezident tomonidan «2022−2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasi» dagi PP-60 sonli farmoniga asos sanoat sohasida «Yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan foydalanish usullarini kengaytirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Qorao‘zak tumani hududida yangidan 2 katta investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha suhbat olib borildi.

shamol  elektr stansiyasi, қорақалпоғистон, quyosh elektrоstansiyasi

Birinchi loyihada 51,0 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali «Eko kompleks Qarao‘zek» loyihasini amalga oshirish, ya’ni 50 MVt kuchlanishiga ega quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish nazarda tutilgan. Qurilish ishlari davomida 280 fuqaroning, quyosh elektr stansiyasi ishga tushirilganidan so‘ng yesa 150 fuqaro doimiy ishga joylashtiriladi.

Ikkinchi loyihada 110 million dollar miqdorida investitsiya kiritish orqali 110 MVt kuchlanishga ega shamol elektr stansiyasini qurish nazarda tutilgan. Bunda 51 million AQSh dollari o‘z hisobidan va 59 million AQSh dollari chet el investitsiyasi hisobidan amalga oshirilishi reja qilinmoqda.

Loyihaning qurilish ishlarida 150 fuqaro, shamol elektr stansiyasi ishga tushirilganidan so‘ng 50 fuqaroning bantligi doimiy tarzda ta’minlanishi ma’lum qilingan.