O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishi bilan Markaziy va Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlariga yangi qo‘mondonlar tayinlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

General-mayor Aybek Saidov Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi. U 2017 yil oktabrdan beri ushbu lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

марказий harbiy okrug, мудофаа vazirligi, шарқий harbiy okrug
Foto: Mudofaa vazirligi

Polkovnik Farrux Ziyabayev Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni etib tayinlandi. U tayinlovga qadar O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

марказий harbiy okrug, мудофаа vazirligi, шарқий harbiy okrug
Foto: Mudofaa vazirligi

Shuningdek, polkovnik Lutfullo Buzrukov Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U 2018 yil yanvardan beri Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgandi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

марказий harbiy okrug, мудофаа vazirligi, шарқий harbiy okrug
Foto: Mudofaa vazirligi