10−12 fevral kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida qilichbozlik bo‘yicha ayollar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Poytaxt hokimligining ma’lum qilishicha, jahon kubogi bosqichi Gimnastika saroyida bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqalarga kirish barchaga ochiq.

Unda nafaqat litsenziya uchun, balki Parij-2024 Olimpiadasi medallari uchun ham davogarlik qiluvchi jahon reytingining yetakchilari ishtirok etishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi ushbu nufuzli tanlovda ishtirok etish uchun 20 ga yaqin davlatdan arizalar kelib tushganini ta’kidladi. Xususan, Xitoy, Ispaniya, Yaponiya, Vengriya, Janubiy Koreya, Pol’sha, AQSh, Italiya, Ozarbayjon, Bolgariya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning eng kuchli vakillari yakka va jamoaviy bahslarda kuch sinashadi.