29 yanvar kuni soat 16:15 atrofida Nukus shahri «Temir jol» MFYda joylashgan 4 qavatli uyda havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, chaqnash oqibatida 2 nafar fuqaro — 2003 yilda tug‘ilgan S.Sh. va 2004 yilda tug‘ilgan Z.A. kuyish tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirildi.

Hodisa joyiga Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay Orinbayev va Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov yetib bordi.

«Voqea sabablarini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Voqea joyida aholi salomatligi haqida qo‘shimcha ma’lumot beramiz», — deyiladi xabarda.