4 yanvar kuni UzAuto Motors hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish munosabati bilan shartnoma tuzish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatgandi. Keyinroq, 9 yanvar kuni kompaniya jarayon yana uzaytirilganini ma’lum qilgandi.

O‘zAning xabar berishicha, UzAuto Motors Tracker, Malibu va Equinox uchun shartnoma uchun kontraktatsiyani tikladi.

Narhlar quyidagicha, QQS pasaygani hisobiga Malibu 10 mln so‘mga arzonlashgan:

  • Malibu — 395 311 840 so‘m (muddat: 31.03.2023).

«Tracker» 2,1−2,6 mln so‘mga qimmatlashgan:

  • Tracker Turbo 1.2 LS AT — 211 454 880 so‘m (31.08.2023);
  • Tracker Turbo 1.2 LTZ AT — 231 196 000 so‘m (30.06.2023);
  • Tracker Premier 2023 AT — 251 142 080 so‘m (31.07.2023).

Shuningdek, «Equinox», «Traverse» va «Tahoe» 5 foizga qimmatlashgan:

  • Equinox 1LT — 441 000 000 so‘m (30.06.2023);
  • Equinox 3LT — 472 500 000 so‘m (31.05.2023);
  • Traverse — 734 530 720 so‘m (30.06.2023);
  • Tahoe — 1 109 274 880 so‘m (31.07.2023).