Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionati finalida o‘zbekistonlik sportchilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati. Shuningdek, sportchilar uchta kumush va ikkita bronza medaliga ega chiqdi.

Oltin:

  • -48 kg: Farzona Fozilova;
  • -50 kg: Sabina Boboqulova;
  • -52 kg: Feruza Kazakova;
  • -54 kg: Nigina O‘ktamova;
  • -66 kg: Navbahor Hamidova.

Kumush:

  • -57 kg: Sitora Turdibekova;
  • -70 kg: Aziza Zokirova;
  • -75 kg: Sohiba Ro‘zmetova.

Bronza:

  • -63 kg: Ziyoda Yarasheva;
  • -81 kg: Sahobat Husanova.

Musobaqada O‘zbekistondan jami 11 nafar sportchi ishtirok etgan. Ma’lumot o‘rnida, 26 yanvar kuni erkaklar o‘rtasidagi final bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi.