Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda, deya xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Masdar va Xitoyning Goldwind kompaniyalari o‘rtasida Tomdi tumanida qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun 111 ta turbinani yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Shunga ko‘ra, Xitoyning Lanjou shahridan shamol generator va turbinalari maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.

masdar, навоий, shamol  elektr stansiyasi, энергетика vazirligi

masdar, навоий, shamol  elektr stansiyasi, энергетика vazirligi

«Mazkur elektr stansiyasi joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi hisoblanadi», — deyiladi xabarda.

Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 720 ming tonna zararli gaz chiqishining oldi olinadi.