Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining Moskva-Goa yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan AFL236 reysi samolyoti zo‘ravon yo‘lovchi tufayli Urganch aeroportiga qo‘ndi. Ekipaj ichki ishlar organlaridan samolyot trapiga bo‘linma yuborilishini so‘ragan, deya xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Bortida 356 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 777−300 20:29 da qo‘ndi. Mast yo‘lovchi reysdan chiqarib tashlandi.

Yaqin vaqtlarda samolyot Urganchdan belgilangan aeroportga uchadi, deyiladi xabarda.