Polshaning Lot Polish Airlines aviakompaniyasi Toshkent va Varshavani to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lamoqchi, deya xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Birinchi yo‘lovchi charter reysi 2023 yil 10 martga mo‘ljallangan. Reyslar Boeing 787 samolyotlarida har 10 kunda bir marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Lot Polish Airlines shtab-kvartirasi Varshavada joylashgan bo‘lib, kompaniya dunyodagi eng qadimgi, eng yirik va vakillari ko‘p alyans — Star Alliance a’zosi hisoblanadi.