O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 11 yanvar kuni Kobul shahrida mamlakat Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralashini bildirdi.

Vazirlik bayonotiga ko‘ra, ushbu harakat ko‘plab insonlar, asosan, tashqi siyosat idorasi xodimlari orasida qurbonlarga sabab bo‘ldi.

«Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Kobul shahrida terrorchi o‘zini TIV binosi yonida portlatib yuborgandi. Oqibatda 21 kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq odam jarohatlangan.