7 yanvar kuni Yozyovon tuman IIB hamda boshqa huquq-tartibot organlari xodimlari to‘liq diniy ma’lumotga ega bo‘lmay turib diniy idoralar ruxsatisiz, yashash xonadonida hujra tashkil etgan shaxsni aniqladi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

«Navro‘z» mahalla hududida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan M.A. 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy adabiyotidan foydalanib, 2023 yilning yanvar oyining boshidan buyon ta’lim berib kelgani ma’lum bo‘ldi. Hujradan 8 dona diniy mazmundagi adabiyotlar tekshirib ko‘rishlik uchun hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 241-moddasi (Xususiy mulk huquqini buzish) tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi.