O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq tufayli ayni kunlarda tashqi bankomatlarning texnik holatida nosozliklar kuzatilib, pul chiqarmay qolish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda «Qishloq qurilish bank» matbuot xizmati xabar qildi.

«Ayozli kunlarda plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashtirishda imkon qadar yopiq inshootlardagi bankomatlardan foydalanishingizni tavsiya etamiz», — deyiladi bank xabarida.

Shuningdek, bank o‘z xabarida mijozlardan 24/7 ofislarining eshiklarini ochiq qoldirmasliklarini so‘ragan. Bu shoxobchalardagi bankomat, konditsioner va boshqa texnik vositalarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkinligi qayd etilgan.