Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan «Antiterror» tozalash tadbirlari doirasida 18 ming 200 obyekt hamda 89 ming xonadon jamoatchilik faollari bilan birga ko‘zdan kechirildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri Baxtiyar Torebekovning ma’lum qilishicha, tekshiruvlar tavomida qidiruvda yurgan 132 nafar shaxs topilib, ushlangan va tergov bo‘limlariga topshirilgan.

Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida fuqarolar o‘z ixtiyori bilan 344 ov quroli, 170 o‘q-dorilarni ichki ishlar organlariga topshirgan. 12 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs aniqlanib, ular o‘z uylariga qaytarilgan.

Bundan tashqari, 57 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlanib, aybdorlar tegishli tartibda javobgarlikka tortilgan.