Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda bemorlarning statsionar davolash muassasalarida o‘rtacha davolanish davomiyligi 6 kunni tashkil etdi.

Hududlar kesimida bemorlarning shifoxonalarda o‘rtacha davolanish davomiyligi:

  • Qoraqalpog‘iston — 7 kun;
  • Andijon viloyati — 7 kun;
  • Buxoro viloyati — 9 kun;
  • Jizzax viloyati — 6 kun;
  • Qashqadaryo viloyati — 7 kun;
  • Navoiy viloyati — 6 kun;
  • Namangan viloyati — 6 kun;
  • Samarqand viloyati — 7 kun;
  • Surxondaryo viloyati — 7 kun;
  • Sirdaryo viloyati — 7 kun;
  • Toshkent viloyati — 7 kun;
  • Farg‘ona viloyati — 6 kun;
  • Xorazm viloyati — 6 kun;
  • Toshkent shahri — 4 kun.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 11 mln 735 mingdan ortiq odam «103» xizmatiga murojaat qilib, «Tez yordam» chaqirgan. Ulardan 4 911 tasi asossiz murojaat hisoblanadi. Eng ko‘p chaqiriq Farg‘ona va Andijon viloyatlaridan kelib tushgan.