O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida Afg‘onistonda ayollar va qizlarning davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi taqiqlangani haqidagi xabar yuzasidan «chuqur xavotir» bildirdi.

«Afg‘on xalqining tinch va farovon kelajakni barpo etish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qat’iyat belgisi sifatida ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.