9 yanvar kuni O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan Rossiyaning Yevropa qismidagi shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati direktori Sherzod Xabibullayev o‘zining Facebook saxifasida.

9−11 yanvarda respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10−15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari −12…−17 darajagacha, kunduz kunlari −5…−8 darajacha, shimolda kechalari −17…−22 darajagacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda −25…−27 darajagacha, kunduz kunlari −7…−10 darajaacha, janubda va Farg‘ona vodiysida esa kechalari −5…−10 darajagacha, kunduz kunlari −2…−5 darajagacha pasayadi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.