Samarqand viloyatida tadbirkor 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi, deya xabar qilmoqda Energetika vazirligi.

Vazirlik ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida faoliyat yuritib kelayotgan «MAROQAND SIFAT TEKSTIL» MCHJga qarashli tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi sexda foydalanilgan elektr energiyasi sun’iy ravishda pasaytirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob kilib kelinayotgani aniqlandi.

Xususan, iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi miqdorini hisobotlarda sun’iy ravishda buzib (pasaytirib) ko‘rsatilgani oqibatida tizimga 2,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ushbu hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 26 mingta xonadonning bir oylik iste’molini tashkil qiladi. Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan.