Air Astana avikompaniyasining Toshkent-Olmaota reysi samolyoti turbulentlik hududiga tushib qolishi natijasida yo‘lovchilar jabrlandi, deb xabar qildi aviatashuvchi matbuot xizmati.
«Bugun aviakompaniya Toshkent-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha KC 128 reysini amalga oshirdi. Samolyot mahalliy vaqt bilan 14:35 da havoga ko‘tarilgan. Parvoz vaqtida samolyot to‘satdan kuchli turbulentlik hududiga tushib qoldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari olgan», — deyiladi xabarda.
Aviakompaniyaning qayd etishicha, parvoz ekipaji yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Uchuvchilar voqea haqida aeroport xizmatlarini xabardor qilgan. O‘zbekistondan havoga ko‘tarilgan layner soat 16:45 da Olmaotaga qo‘ngan. Aeroportda yo‘lovchilarni tez yordam mashinalari kutib olgan.
«Aviakompaniya sodir bo‘lgan voqeadan afsusda va reys yo‘lovchilariga har tomonlama yordam beradi. Voqea fakti bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan tekshiruv o‘tkaziladi», — deya ta’kidladi Air Astana.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Qozog‘iston Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi matbuot xizmatining qayd etishicha, o‘zbekistonlik ayol bachadon bo‘yni umurtqasining yopiq sinishi gumoni bilan tez yordam mashinasida shifoxonaga yotqizilgan.