Jahon tillari universitetiga qarashli yer maydoni 0,5 gektar yer maydoni davlat zaxirasiga qaytarilmoqda, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati hokimligi.

Universiteti rektorining murojaati, Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi taqdimnoma kiritib, Parkent tumani, «Boshqizilsoy» massivida joylashgan yer maydoni viloyat tasarrufiga qaytarildi.

Mazkur yer maydoni 1973 yilda Yuqori Chirchiq rayon deputatlar soveti ijroiya qo‘mitasining qarori bilan Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti (Hozirgi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti)ga «sog‘lomlashtirish va dam olish maskani» qurilishi uchun ajratilgan edi.

Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydoni kelgusida belgilangan tartibda samarali foydalanish uchun zaxiraga qaytarilgan. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qarori imzolandi, deyiladi xabarda.