Toshkentda voyaga yetmagan shaxsni yo‘lovchi poyezdi urib ketdi, deya xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

20 dekabr kuni soat 17:37 da Toshkent — Salar temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3365-km 5−6-to‘siqlari orasida mashinist boshqaruvida bo‘lgan yo‘lovchi poyezdi 2005 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan shaxsni temir yo‘lning belgilanmagan qismidan qulog‘iga quloqchin taqib, qo‘l telefonida musiqa tinglab o‘tib ketayotgan vaqtda urib yuborgan.

Poyezd urib yuborishi natijasida voyaga yetmagan shaxs olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan hodisa joyi o‘rganilganda hudud temir yo‘lning fuqarolar kesib o‘tishi taqiqlangan joy ekani aniqlangan.