O‘zbekistonda 2022 yil boshidan beri 90 dan ortiq is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Bu haqda FVV ma’lumotlariga tayanib IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, is gazidan zaharlanishlar oqibatida 146 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan, yana 50 nafar fuqaro jabrlangan.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni ko‘mir, o‘tin, neft mahsulotlari va boshqa turdagi yoqilg‘idan foydalanishda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 may kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 26-yalpi majlis oldidan yig‘ilishida 2020 yildan boshlab 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq 428 ta holat sodir bo‘lgani, natijada 366 nafar fuqaro vafot etgani va 307 kishi turli darajada jarohat olgani aytilgandi.