Prezident Shavkat Mirziyoyevning «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.

Hujjat bilan 2023 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish uchun quyidagi dam olish kunlari belgilandi. Xususan, barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

  • 2 yanvar — dushanba;
  • 30 iyun — juma;

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

  • 3 yanvar — seshanba,
  • 20 mart — dushanba,
  • 22 mart — chorshanba,
  • 24 aprel — dushanba,
  • 1 iyul — shanba,
  • 2 sentabr — shanba,
  • 30 dekabr — shanba kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi.

Shuningdek, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirildi:

  • 7 yanvar — shanba kunidan 3 yanvar — seshanba kuniga;
  • 11 mart — shanba kunidan 20 mart — dushanba kuniga;
  • 25 mart — shanba kunidan 22 mart — chorshanba kuniga;
  • 29 aprel — shanba kunidan 24 aprel — dushanba kuniga

1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni 2023 yilda yakshanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023 yil 2 oktabr — dushanba kuniga ko‘chirildi.

Xususan, Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi. Ya’ni ish kunidan qat’i nazar barcha xodimlarga 31 dekabrdan 3 yanvargacha dam olish kuni beriladi.