21 dekabr kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev shu kunning o‘zida bilan an’anaga ko‘ra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Kechga borib O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida «Ko‘ksaroy» qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida archa daraxtini ekdi.

ўзбекистон, шавкат мирзиёев, қозоғистон, қосим-жомарт тоқаев

22 dekabr kuni 2 davlat rahbari Toshkent shahridagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildi. Qozog‘iston rahbari maqbaralar tarixi bilan tanishdi, obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

ўзбекистон, шавкат мирзиёев, қозоғистон, қосим-жомарт тоқаев

Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. Qasim-Jomart Toqayev «qardosh xalqlarning umumiy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilayotgan e’tibor» uchun O‘zbekiston prezidenti va xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng, poytaxtdagi Xalqaro kongress markazida Qozog‘iston yetakchisini kutib olish marosimi bo‘ldi. 2 davlatning madhiyalari yangradi. Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zalga o‘tdi.

ўзбекистон, шавкат мирзиёев, қозоғистон, қосим-жомарт тоқаев