Reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan 173 nafar qatag‘on qurbonlari jami 4 ta jinoyat ishi bo‘yicha oqlandi. Bu haqda 19 dekabr kuni Oliy sudda o‘tkazilgan sud jarayonida qatnashgan «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning ta’kidlashicha, prezidentning 2020 yil 8 oktabrdagi «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi va qatag‘on qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Shunga asosan, qatag‘on qurbonlarining nomlarini aniqlash borasida izlanishlar ko‘lamini kengaytirish uchun mas’ullarga vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Ta’kidlanishicha, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan, ayrim sabablarga ko‘ra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari nomlarini oqlash yuzasidan takliflar kiritish belgilangan. Shu munosabat bilan qatag‘on qurbonlarining reabilitatsiyasi bo‘yicha masala o‘rganib chiqilgan hamda Respublika ishchi guruhiga takliflar ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Ma’lum qilinishicha, Oliy sudga 2022 yilning 12 dekabr kuni 173 nafar shaxsga nisbatan 4 ta jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Mazkur jinoyat ishlarida sud majlisi bayonnomasi yoki sud hujjatlari (hukm yoki boshqacha qaror) mavjud emasligi, ishlarda faqatgina OGPUning uchlik majlisi bayonnomasidan ko‘chirma borligi aniqlangan. Jumladan:

1. Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Uchlik yig‘inining 1931 yil 12 oktabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

  • Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Xasan Davlyatov, Minniyaz Xodjimu (Minniyax Xodja Muratov), Babakul Musayev, Begimqul Abdurasulev, Xalmumin Tursunov, Valixan Xodjayev, Saat Tashkulov, Akbuta Tashkulov, Karabay Tashkulov, Djuma Karakulov, Saitkul Xalbayev, Xusan Duskabыlov, Tura Annarov, Xudaykul Xalikulov, Abdulla Utaganov — O‘zbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan 10 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
  • Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Ataxan Yuldashev, Musa Xodja Keldыyev, Payan Ilmuratov, Parda Tursunov, Tashmirza Minturayev, Nurmat Tellyayev, Suvan Pirnazarov, Charы Pirnazarov, Xudoyar Kabыlov, Xudoyar Turdыyev, Safar Karayev, Ruzыkul Safarkulov, Kabыl Ishmatov, Gulbay Karimov, Yusup Djumayev, Shaymardan Shaymuratov, Shirin Ishniyazov, Kuzы Murat Abdukarimov, Irdan Ishniyazov, Tashtemir Karimov, Uzak Xudaykulov, Abir Bekmuratov, Muxamadы Ishniyazov, Mamat Acheldыyev, Kurban Yakubov, Djuma Xalmuradov, Karabay Daniyarov, Djuma Abdurasulev, Tadji Milikulov, Beknazar Mamarodjapov, Sapar Xalmuratov, Avgan Muradov, Tura Musulmankulov, Karshi Raximov, Xamra Issamuratov, Abdunazar Xodjinazarov, Djurakul Suleymanov, Sattar Raimkulov, Kurban Minturayev, Gendja Umirzakov, Artыk Alimardonov, Narmurat Mustafakulov, Atamurat Alimuratov, Djuma Kabыlov, Acheldы Rasulkulov, Karim Djumayev, Raxman Berdыyev, Xamra Safarov, Parda Turdыyev, Narmurat Milikulov, Ismail Xudaynazarov, Raxmatulla Xudaykulov, Charы Yusupov, Abray Mamarodjapov, Yusup Pardayev, Dabыl Muminov, Shayman Illarov, Mulla Tair Abdurasulev, Allamurat Muminov, Yusup Perimkulov, Abduvaxid Utaganov, Ulug Shaygulov, Mirzakul Nurov, Islam Ibragimov, Xamit (Xamid) Ishkabulov, Begimkul Abrayev, Tura Shaymuratov, Mamatraim Shukurov, Kasыm Kabыlov, Kurban Murat Narkabыlov, Alim Shaymuratov, Shaymardan Artыkov, Xodjakul Yusupov, Irmat Kasыmov, Datko Mamayusupov, Babashir Duskabыlov, Mamatmumin Djalilov, Narbay (Norbay) Karshiyev, Narkurban Xodjiyarov, Atamurat (Atta Murat) Tashmatov, Samat Minturayev, Xamra Tellyayev, Djura Tellyayev, Djalil Sarumsakov, Maxamadы Nazarov, Xamra Xasanov, Xait Nazar Acheldыyev, Parda Musulmankulov — O‘zbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
  • Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yashagan Avaz Xodjakulov, Axmet Maxmudov, Gafar Turdыyev, Dana Urunov, Xalыk Berdы Davlyatov, Nurmat Raximov, Avaz Berdы Davlyatov, Kendja Xыdыrov, Djuma Davlyatov, Tagaynazar Maksumov, Tellya Babayev, Abdulla Djalilov — O‘zbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
  • Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashagan Xamit Babayev, Axmat Babayev, Xalmumin Dusmatov, Ishmurat Abdumuminov, Alikul Xalmuratov, Aman Baymuratov, Kadыr Kabыlov, Kabыl Babamuratov, Abduraim Karshiyev — O‘zbekiston SSR JKning 63, 78-moddalari bilan 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
  • Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Aman Mirzayev, Tangir (Tangri) Narbayev, Taksan (Toksat) Turakulov, Xodjiyar Baymirzayev, Xodjakul Baymirzayev, Narmurat Saitkulov, Ismail Tashbayev, Narmat Saitov, Muxamadы Kurbanov, Nazarmat Xudaynazarov, Abdumumin Shadmanov, Sultan Murat Suvankulov (Boysun tumani) — O‘zbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan 3 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
  • Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yashagan Shaim Mallyayev O‘zbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan 3 yil muddatga konslagerga surgun qilish jazosi tayinlanib, jazo shartli hisoblanib, hibsdan ozod qilingan.
  • Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Xodjakul Ishmatov, Mingniyaz Muxamat Muratov, Shadыk Ushakov, Tura Mallyayev, Abdulla Ubaydulin, Abdurasul Turakulov, Aman Alimardonov — O‘zbekiston SSR JKning 66, 78-moddalari bilan 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
  • Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Muxib Bulla Nasrullaxanov O‘zbekiston SSR JKning 66, 78-moddalari bilan 10 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
  • Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Tagay Murat Tashtemirov O‘zbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan aybdor deb topilib, mol-mulki musodara qilingan holda 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
  • Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashagan Alimardan Kabыlov O‘zbekiston SSR JKning 78-moddasi bilan aybdor deb topilib, mol-mulki musodara qilingan holda 10 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.

2. O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasining 1932 yil 14 oktabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra:

  • Turabek Turabekov, Xazratkul Turabekov, Usman Turabekov, Abduraxman Baykuzыyev, Muradjan (Muratxan) Allaxodjayev, Isxak Xalmuxamedov, Tashbek Dustbekov — O‘zbekiston SSR JKning 58-moddasi bilan otuvga hukm qilingan.
  • Xidыr (Xidver) Yuldashev, Turdыbek Yusupov — O‘zbekiston SSR JKning 58-moddasi bilan 10 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
  • Mulla Ziya Normatov, Pavi Djuliyev, Kuli Amanov, Mansur Tursunov, Redjeb Eganmuradov — O‘zbekiston SSR JKning 58-moddasi bilan 5 yil muddatga konslagerga surgun qilingan.
  • Eron fuqarosi Aliyev Guseyn O‘zbekiston SSR JKning 58-moddasi bilan SSRI hududidan deportatsiya qilingan.

3. Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Muxtor vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1929 yil 9 dekabrdagi qaroriga ko‘ra:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida yashagan Utemurat Palimov (Palыmov), Ubaydulla Bekimbetov, Davletnazar Xudainazarov, Abdыjamiy Seksenov, Alimbay Djarimbetov, Palvan Aytыmov — O‘zbekiston SSR JKning 58-moddasi 2-qismi bilan mol-mulki konfiskatsiya qilingan holda otuvga hukm qilingan.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida yashagan Imbergen Yusupov, Abib (Xabib) Utegenov, Utepbergen Shaniyazov — O‘zbekiston SSR JKning 58-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, ozodlik mahrum qilish jazosi tayinlangan (jinoyat ishida tayinlangan ozodlik mahrum qilish jazosining muddati haqida ma’lumot mavjud emas).

4. Ichki ishlar xalq komissarligi O‘rta-Osiyo okrugi qo‘mondonligi harbiy hay’atining 1941 yil 5 noyabrdagi hukmiga ko‘ra:

  • Samarqand shahrida yashagan Qozi Bakaxan (Kazы) Abdullaxodjayev O‘zbekiston SSR JKning 58-moddasi, 66-moddasi 2-qismi, 67-moddasi va 69-moddasi bilan 5 yil muddatga siyosiy huquqlarini yo‘qotgan holda, mol-mulklari konfiskatsiya qilinib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
  • Samarqand shahrida yashagan Mulla Narzыbek (Abdujabborov Narzulla) Abdujabborbekov O‘zbekiston SSR JKning 58-moddasi, 66-moddasi 2-qismi, 67-moddasi bilan 5 yil muddatga siyosiy huquqlarini yo‘qotgan holda, mol-mulklari konfiskatsiya qilinib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Bosh prokuror o‘rinbosari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan tegishli tartibda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga protestlar keltirilgan.

19 dekabr kuni mazkur jinoyat ishlari Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirildi va JPKning 83-moddasiga asosan, jami 4 ta jinoyat ishi bo‘yicha 173 nafar shaxs oqlandi.