«Bremen musiqachilari» muz ustida — bu oilaviy tomosha uchun mo‘ljallangan shou. Tomoshaning tayyorgarlik darajasi va maxsus effektlari dunyodagi shoular bilan raqobatlasha oladi.

Shou 7 va 8 yanvar kunlari Toshkentdagi Humo Arena muz majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchi — O‘zbekistonda madaniyat va sport sohasida yirik loyihalarni tashkil etish bo‘yicha keng turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi Art Uz Promotion Agency kompaniyasi. Kompaniya Eteri Tutberidzening «Muz ustidagi chempionlar» shousi va «Haqiqiy Qarsildoq» musiqiy spektakli kabi katta loyihalarni tashkillashtirgan va amalga oshirgan.

Oldinda — uzoq kutilgan Yangi yil bayramlari, bu esa haqiqiy mo‘’jizalar davri yaqinligidan darak beradi. Tez kunlarda ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lgan taniqli ertak qahramonlari konkida tomosha ko‘rsatishadi.

реклaмa

Tomoshabinlar sehrli halqalar bilan jonglyorlik qilayotgan it, muz maydoni uzra uchib, akrobatik mahorat ko‘rsatayotgan xo‘roz, sehrli fokuslarni amalga oshiradigan mushuk, malikani o‘g‘rilab, hayratda qolgan ommaning ko‘z o‘ngida u bilan parvozga ko‘tariladigan ayg‘oqchi kabi qahramonlar bilan tanishadilar.

Jozibador sahna manzarasi va figurali uchish bo‘yicha g‘aroyib chiqishlar bilan tomoshabinni hayajonga soladigan bu tomosha o‘zgacha zavqli va maroqli bo‘ladi.

Bunda bolalarning sevimli ertak qahramonlari yangi zamonaviy qiyofada chiqish bilangina chegaralanishmaydi. Ularning rollarini sayyoradagi mashhur va ko‘plab mukofotlar sovrindorlari bo‘lgan figurali uchuvchilar, muz maydonining mashhur ustalari ijro etadilar.

реклaмa

Ular orasida jahon chempioni, tarixdagi ilk yakkaxon konkida uchish bo‘yicha yetti karra Yevropa chempioni, Olimpiada o‘yinlarining kumush va bronza medallari sovrindori Irina Slutskaya ham bor. Shuningdek, rossiyalik figurali uchuvchi, Rossiya va Yevropa chempioni Alena Kostornaya ham qatnashadi.

Trubadur serenadasi, malika va qirolning qo‘shig‘i ota-onalarga bolalik davrlarini eslatib yuboradi. Bu muz ertagini yaratish davomida qo‘llanilgan zamonaviy texnologiyalar esa ularning farzandlari — tinib-tinchimas kichkintoylaru yuqori sinf o‘quvchilarigacha bo‘lgan tomoshabinlarni o‘ziga rom qiladi.

Sahna manzarasi bezaklardan tashqari, shouda noyob 3D mepping texnologiyasidan ham foydalaniladi. Bu videoproyeksiya butun muz maydonini qirol saroyiga va bepoyon gulzorga aylantira oladi deganidir. Ertakdagi muhit turg‘un sahnadagi tomosha doirasidan chiqadi va tom ma’noda jonlanadi.

реклaмa

Katta namoyish ekrani tomoshabinni ertakning sirli olamiga to‘liq olib kirish uchun xizmat qiladi — unda shou qahramonlari yirik planda namoyish etiladi.

Qo‘shiqlar uchun aranjirovkani skripkachilar o‘rtasidagi jahon tanlovi g‘olibi, Yevgeniy Plyushenkoning Olimpiadada oltin medaliga sazovor bo‘lgan dasturlari muallifi, Emmi mukofoti sovrindori, «Yevrovideniye-2008» tanlovi g‘olibi, Rossiya jamoasi a’zosi, bastakor Edvin Marton yozgan.

реклaмa

Ertak qahramonlari rus estradasi yulduzlarining ovozi bilan gapirishadi va kuylashadi. Qirol va qaroqchilar to‘dasining ayol sardoriga Comedy Club rezidenti Aleksandr Revva ovoz bergan. Trubadur qo‘shiqlarini Rossiyadagi mashhur estrada xonandalaridan biri, «Yevrovideniye-2008» g‘olibi Dima Bilan ijro etadi.

реклaмa

Tomoshalar 7 va 8 yanvar kunlari soat 11:00, 14:00 va 17:00 da Humo Arena muz majmuasida bo‘lib o‘tadi.

31 dekabrga qadar chiptalar uchun Yangi yil chegirmalari amal qiladi, 1 yanvardan chiptalar narxi 15% ga oshadi.

Chiptalarni shahar kassalaridan va myticket.uz saytidan xarid qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun telefon: (+998) 95−169−87−87.

Reklama huquqlari asosida.